BIZNES SUBYEKTLARINI RAQAMLI TRANSFORMATSIYA ORQALI RIVOJLANTIRISHNING INNOVATSION USULLARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada kichik biznes sub’yektlarining raqamli transformatsiya jarayonlariga integratsiyalashuvi va bu jarayonning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri chuqur tahlil etiladi. Tadqiqotda asosiy e’tibor innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali daromad va xarajatlar dinamikasidagi o‘zgarishlarni aniqlashga qaratilgan. Metodologik jihatdan kontent-tahlil, statistik va komparativ tahlil usullari, shuningdek, “Innovatsion samaradorlik koeffitsienti”-(K_innov) formulasi asosida hisob-kitoblar amalga oshirilgan. Farg‘ona viloyatidagi uchta biznes subyekti misolida olib borilgan empirik tahlillar natijasida, raqamli texnologiyalarni joriy etgan korxonalarda daromadlar 25–30% gacha oshgani, xarajatlar esa 18–20% gacha kamaygani aniqlangan. Tadqiqot natijalari innovatsion yechimlar kichik biznesning raqobatbardoshligi va moliyaviy barqarorligini oshirishda muhim vosita ekanligini isbotlab beradi. Maqola iqtisodiy samaradorlikni zamonaviy sharoitlarda baholashning amaliy ahamiyatga ega yangi yondashuvini taqdim etadi va raqamli iqtisodiyotga oid siyosat ishlab chiquvchilar hamda tadbirkorlar uchun tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.