OLIY TA’LIMDA TRANSVERSAL KOMPETENSIYALARNING AHAMIYATI
Maftunaxon JaloliddinovaQo‘qon universiteti Ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi
ABI
Annotatsiya
Maqolada oliy ta’limda transversal (kesishuvchi) kompetensiyalarning ahamiyati va ularning zamonaviy ta’lim jarayonidagi o‘rni batafsil tahlil qilinadi. Globalizatsiya, raqamli transformatsiya hamda mehnat bozoridagi tezkor o‘zgarishlar sharoitida talabalarda shakllantirilishi lozim bo‘lgan shaxslararo muloqot, muammolarni hal qilish, tanqidiy fikrlash, ijodkorlik va hamkorlik kabi transversal ko‘nikmalar keng yoritiladi. Ushbu kompetensiyalar yoshlarni nafaqat kasbiy faoliyatga tayyorlash, balki ularni ijtimoiy, madaniy va axborot maydonida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishlari uchun zarur bo‘lgan malaka va qobiliyatlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
Mavzular
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba