Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

HARBIY XIZMATGA TAYYORGARLIK BOSQICHIDA OʻQUVCHILARNING JISMONIY SALOHIYATINI SHAKLLANTIRISHDA INTEGRATSIYALASHGAN YONDASHUVLAR: JISMONIY TARBIYA VA CHAQIRUVGA QADAR TAYYORGARLIK ASOSIDA

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanining zamonaviy harbiy-pedagogik taʼlim tizimidagi oʻrni, maqsadi va asosiy vazifalari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etiladi. Xususan, mazkur fan yosh avlodni Vatanga sadoqat, harbiy burchga masʼuliyat bilan yondashish, milliy qadriyatlar va tarixiy xotiraga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim vosita sifatida talqin etiladi. Shuningdek, oʻquvchilarni armiya xizmatiga har tomonlama tayyorlash — yaʼni, ularning jismoniy, ruhiy, siyosiy va ijtimoiy-axloqiy jihatdan yetuk shaxs boʻlib shakllanishida chaqiruvga qadar tayyorgarlik fanining oʻquv-metodik imkoniyatlari yoritiladi. Maqolada, shuningdek, bu fan harbiy xizmat davomida duch kelinishi mumkin boʻlgan murakkab sharoitlarga moslashish, qaror qabul qilish, jasorat va bardoshlilik kabi sifatlarni shakllantirishda yagona tizimli fanga aylanganligi asoslab beriladi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba