JINOYAT PROTSESSIDA SUDNING FUNKSIYASI
ABI
Annotatsiya
Ushbu maqola jinoyat protsessida sudning koʻp qirrali funksiyalarini ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan oʻrganishga qaratilgan. Unda jinoyat-protsessual qonunchiligining asosiy vazifalaridan kelib chiqadigan sud funksiyalarining tizimli tasnifi taqdim etilgan. Maqolada sudning jinoyat ishini mazmunan hal etish orqali adolatni amalga oshirishdagi roli, dastlabki tergov va sudga qadar ish yurituvdagi nazorat vakolatlari, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda buzilgan huquqlarni tiklashdagi ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, sudning huquqni taʼminlash va huquqbuzarliklarning oldini olishdagi oʻrni atroflicha tahlil qilingan.
Mavzular
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba