Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

Temir yo‘l stantsiyalarining o‘tkazuvchanlik va qayta ishlash qobiliyatlariga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar

Dilmurod ButunovToshkent davlat transport universitetiChoriyor JonuzoqovToshkent davlat transport universitetiJavlon Jo‘raboyevToshkent davlat transport universitetiDinara KengesbaevaToshkent davlat transport universiteti
ABI

Annotatsiya

Ishdan maqsad temir yo‘l stansiyalrining o‘tkazuvchanlik va qayta ishlash qobiliyatlarini aniqlashda ularga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash, tizimlashtirish va yangi yondashuv ishlab chiqishdan iborat. Maqsadga erishish uchun tizimli tahlil, analitik usul va sxematik ifodalash usullaridan foydalanildi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra tashish jarayonida vagon oqimlarning 80% dan yuqori holatda temir yo‘l stansiyalarida turishi aniqlandi. Stansiyalrining o‘tkazuvchanlik va qayta ishlash qobilyatlarini aniqlash usullari o‘rganildi va yondashuvlar turlicha ekanligi aniqlandi. Ilmiy ishlar tahlili natijasida texnik stansiyalar misolida ularning o‘tkazuvchanlik va qayta ishlash qobiliyatlariiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar aniqlandi va ular shartli ravshda 4 ta guruh (texnologik, texnik, inson, atrof-muhit)ga ajratildi. Natijada temir yo‘l stansiyasi o‘tkazuvchanlik qobiliyatini aniqlashning yangicha yondashuvi ishlab chiqildi. Bu orqali stansiyaning o‘tkazuvchanlik qobilyatini doimiy ta’sir ko‘rsatuvchi va stansiya ish jarayonida sodir bo‘ladigan aniq va yashirin holatlarda vaqt yo‘qotishlarini keltirib chiqaruvchi omillar ta’siri ulushlarini inobatga olgan holda aniqlash imkoniyati yaratildi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba