Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

“MOMOTARO” YAPON XALQ ERTAGI VA UNING FILM VA ANIMEDAGI TALQINI

2025uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada yapon xalq ertaklaridan biri — “Momotaro” haqidagi rivoyat va uning turli media vositalaridagi talqinlari tahlil qilinadi. Ertakda jasorat, do‘stlik, rahbarlik va adolat kabi insonparvarlik qadriyatlari ifodalangan bo‘lib, u yapon milliy madaniyatining muhim ramzlaridan biri sanaladi. “Momotaro” ertagi asosida yozuvchi Ivaya Sazanami tomonidan yaratilgan adabiy variant hamda animatsion rejissyor Mitsuyo Seoning “Momotaroning Dengiz Oqqushlari” filmi misolida ertakning zamonaviy talqini ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu obrazning yapon madaniyatidagi o‘rni, folklor, teatr, bolalar bayramlari va ta’lim tizimidagi ahamiyati ochib beriladi. Ertakning turli talqinlari orqali milliy qadriyatlar yangi avlod ongiga qanday singdirilayotgani va folklorning zamonaviy media orqali qayta talqin qilinishi tahlil qilinadi

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba