MILLIY HUNARMANDCHILIK: USTA-SHOGIRD MUNOSABATLARNING TRANSFORMATSION JARAYONLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada Oʻzbek milliy hunarmandchiligida ustoz-shogird munosabatlarining tarixiy ildizlari va ularning bugungi kunda qanday oʻzgarishlarga uchrayotgani haqida soʻz yuritiladi. Anʼanaviy hunarmandchilikda bu tizim nafaqat kasbiy bilimlarni, balki axloqiy va maʼnaviy qadriyatlarni ham yoshlarga yetkazishda muhim oʻrin tutgan.Maqolada ustoz va shogird oʻrtasidagi oʻzaro ishonch, hurmat va masʼuliyatga asoslangan rishtalar, zamonaviy jamiyatda ushbu anʼananing saqlanib qolish ahamiyati, shuningdek, uning ijtimoiy va madaniy hayotdagi oʻrni tahlil qilingan. Ustoz-shogird tizimi hunarmandchilik merosini davom ettirish, yosh avlodni tarbiyalash va milliy qadriyatlarni mustahkamlashda muhim omil ekanligi taʼkidlanadi.