Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

TED XYUZ VA IBRAYIM YUSUPOV SHEʼRIYATIDA POETIK ILHOM MANBALARI QIYOSI

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada qoraqalpoq shoiri Ibrayim Yusupov va ingliz adibi Ted Xyuzning ijodiy merosi tarixiy, mifologik va tabiat obrazlari orqali qiyosiy tahlil qilinadi. Har ikki shoir ijodida XX asrning ogʻir voqealari — urush, siyosiy tazyiq va ekologik muammolar badiiy talqinda ifodalanadi. Maqolada I.Yusupovning “Búlbil uyası” va “Watan topıraǵı” kabi poemalari, shuningdek, xalq afsonalari va antik miflardan foydalanishi tahlil qilinadi. Shu bilan birga, T.Xyuzning “Bayonet Charge”, “Hawk Roosting” va “Crow” turkumidagi asarlari orqali urush, tabiat va mifologiyaning poetik ifodasi yoritiladi. Ijodiy manbalar, poetik uslub va ramzlar qoʻllanilishi boʻyicha oʻxshashlik va farqlarga eʼtibor qaratilib, ikki shoirning insoniyat muammolarini ifodalashdagi umumiy badiiy pozitsiyasi ochib beriladi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba