ERKIN AʼZAMNING “OTOYINING TUGʻILGAN YILI” QISSASIDA USTOZ OBRAZI BADIIY TALQINI
ABI
Annotatsiya
Mazkur maqolada Erkin A’zamning “Otoyining tugʻilgan yili” qissasidagi ustoz obrazi badiiy talqini mulohazaga tortilgan. Asarda ustoz va shogird o‘rtasidagi munosabatlar, ustozning jamiyatdagi o‘rni, ustoz obrazi orqali ilgari surilgan ma’naviy va axloqiy qadriyatlar ochib berilgan. Maqolada qahramonning dunyoqarashi va ichki ziddiyatlari zamirida ustozlar obraziga berilgan baho, muallifning tanqidiy yondashuvi va ijtimoiy muammolar tasviri chuqur tahlil qilinadi. Shuningdek, qissa badiiyati va personajlar tahlili orqali zamonaviy ustoz-shogird munosabatlari ham o‘rganiladi.
Mavzular
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba