ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING “BOBURNOMA” ASARIDA INSON VA OILA MUAMMOSI
Annotatsiya
Mazkur maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida inson va oila muammosi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Asarda muallifning shaxsiy hayoti, oilaviy munosabatlari, qarindoshlik rishtalari, ota-onaga hurmat, farzand tarbiyasi hamda jamiyatdagi oila institutining oʻrni yoritilgan. Tadqiqot davomida “Boburnoma”dagi tarixiy voqealar va shaxsiy xotiralar orqali oila qadriyatlari, oʻzaro mehr-oqibat, sadoqat, axloqiy meʼyorlar va ularning ijtimoiy barqarorlikdagi ahamiyati ochib beriladi. Maqolada shuningdek, Bobur dunyoqarashida inson kamoloti va oilaviy tarbiya oʻzaro uzviy bogʻliqligi, shaxsning maʼnaviy yuksalishida oilaning hal qiluvchi omil sifatida talqin qilinishi ilmiy asoslanadi. Ushbu tahlillar tarixshunoslik, adabiyotshunoslik va madaniyatshunoslik nuqtai nazaridan yondashilgan boʻlib, oʻzbek adabiy merosida oila va inson mavzusining tarixiy-falsafiy ildizlarini aniqlashga xizmat qiladi.