Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBasetez oradaEkotizim uchun ochiq API
Lotin
Maqola

Endometriy giperplaziyasida morfologik o‘zgarishlarni immunogistokimyoviy usulda o‘rganish

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada endometriy giperplaziyasi, xususan, oddiy va atipik shakllarda kuzatiladigan morfologik o‘zgarishlar immunogistokimyoviy (IGX) usul yordamida o‘rganildi. Tadqiqotga 40 nafar bemor jalb qilinib, ularning endometriy namunalarida Estrogen (ER), Progesteron (PR) retseptorlari, proliferatsion marker Ki-67 hamda apoptotik nazorat markerlari p53 va Bcl-2 ekspressiyasi tahlil qilindi. Natijalarda oddiy giperplaziyada ER va PR yuqori darajada saqlanib qolgan bo‘lsa, atipik shaklda ularning pasayishi kuzatildi. Ki-67 proliferatsion indeksi oddiy shaklda past, atipik giperplaziyada esa o‘rtacha va yuqori darajada bo‘lgani qayd etildi. p53 markeri oddiy shaklda minimal, atipik giperplaziyada esa sezilarli darajada ekspressiya qilgan. Bcl-2 esa oddiy shaklda yuqori, atipik shaklda esa pasayib ketgani aniqlandi. Olingan natijalar xalqaro adabiyotlar bilan mos kelib, IGX markerlarning majmuaviy baholanishi endometriy giperplaziyasi va saraton o‘rtasidagi chegaraviy holatlarni aniqlash hamda xavf guruhlarini belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatdi. Tadqiqot xulosasiga ko‘ra, IGX tekshiruvlar diagnostik va prognostik marker sifatida klinik amaliyotda qo‘llanishi bemorlarni individual davolash strategiyasini tanlash va saraton rivojlanishi xavfini oldindan baholash imkonini beradi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba
Koʻrsatkichlar — AkademScholar · Tez orada