Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBasetez oradaEkotizim uchun ochiq API
Lotin
Maqola

BADIIY ADABIYOTDA MOTIVLARNI TIZIMLASHTIRISH VA TASNIFLASHNING NAZARIY ASOSLARI

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada badiiy motivlarni tizimlashtirish va tasniflashning nazariy asoslari tahlil qilingan. Veselovskiy, Tomashevskiy, Garmash, Meletinskiy, Yung, Fray kabi tadqiqotchilar qarashlariga tayangan holda motivning semantik, struktural va tematik talqinlari, shuningdek motiv-mavzu-syujet oʻzaro munosabatlari yoritiladi; syujetdagi funksiyasiga koʻra bogʻlovchi (dinamik) va erkin (statik) motivlar farqlanadi. Qamrovi va paydo boʻlish manbalariga koʻra anʼanaviy va individual (leytmotiv) turlari; janrlar kesimidagi (lirik, epik, dramatik) ustuvor motivlar; mazmun-obraz xususiyatiga koʻra mifologik, vaziyat, harakat, obraz, xarakteristik, manzara, fazoviy (xronotop bilan bogʻliq) va psixologik motivlar tizimi taklif etiladi. Komparativ-tarixiy yondashuvda Thompson indeksi hamda Frenzel lugʻatining roli koʻrsatiladi, motivlarning milliy-madaniy talqinlari va migratsiya-transformatsiya jarayonlari misollar bilan asoslanadi. Muallif motifema-allomotiv qarama-qarshi juftligi asosida mezonlar (mazmuniy mohiyat, funksional rol, janr va madaniy bogʻliqlik)ni aniqlab, intertekstual tahlil, tarjima va komparativ adabiyot hamda motivlar korpusini yaratish amaliyotlari uchun konseptual modelni taqdim etadi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba
Koʻrsatkichlar — AkademScholar · Tez orada