O’ZBEKISTONDA ISHCHI KUCHI BOZORINING RIVOJLANISHI VA MALAKALI KADRLAR TAYYORLASH VA INSON TAFAKKURINI O’ZGARISHI
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekistonda ishchi kuchi bozorining hozirgi holati, mavjud muammolar va kelgusidagi rivojlanish istiqbollari tahlil qilingan. Asosan, malakali kadrlar tayyorlash tizimidagi kamchiliklar, ta’lim va mehnat bozori o‘rtasidagi tafovutlar hamda global iqtisodiyotga mos mutaxassislar tayyorlash masalalari yoritilgan. Statistik ma’lumotlar asosida mamlakatdagi ishsizlik darajasi, bandlik ko‘rsatkichlari va yoshlar bandligiga oid real holat aks ettirilgan. Shuningdek, maqolada dual ta’lim tizimi, raqamli ko‘nikmalar va xalqaro malaka sertifikatlari kabi zamonaviy yechimlar taklif etilgan.