Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

KARBAMIDNING KISLOTALI KOMPLEKS BIRIKMALARIDA FOSFORIT CHANGINI KIMYOVIY FAOLLASHTIRISH

Techscience.uz.journal2025uz
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada fosforit changini karbamidning mineral kislotalar bilan hosil qiladigan kompleks birikmalari (HNO₃·CO(NH₂)₂, H₂SO₄·CO(NH₂)₂ va ekstraksion fosfat kislota asosidagi H₃PO₄(EFK)·CO(NH₂)₂) orqali faollashtirish jarayoni o‘rganildi. Murakkab o‘g‘it namunalari 9:1 dan 1:9 gacha turli proporsiyalarda tayyorlandi. pH qiymatlari tahliliga ko‘ra, karbamid nitratida 6,84 dan 1,51 gacha, karbamid sulfatda 6,91 dan 1,76 gacha, shuningdek, ekstraksion fosfat kislota asosidagi karbamid fosfatida 6,43 dan 2,16 gacha pasayish kuzatildi. Bu holat fosforit tarkibidagi minerallarni parchalanishiga va fosforning o‘zlashtiriladigan shaklga o‘tishini ta’minlaydi. Olingan natijalar esa yangi turdagi samarali murakkab o‘g‘itlar ishlab chiqish uchun muhim ilmiy asos sifatida xizmat qiladi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba