MEDIAMATN SARLAVHALARIDA METAFORALARNING TA’SIRCHAN LINGVISTIK VOSITA SIFATIDAGI ROLI (“JADID” VA “HURRIYAT” GAZETALARI MISOLIDA)
Annotatsiya
Mazkur maqolada zamonaviy jurnalistika tilida xususan, gazeta sarlavhalaridagi metaforalarning qo‘llanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot obyekti sifatida “Jadid” va “Hurriyat” gazetalarining sarlavhalari tanlab olinib, ularda qo‘llanilgan metaforalar semantik, stilistik va funksional jihatdan o‘rganilgan. Mualliflar metaforaning nazariy asoslarini yoritgan, uning leksik, frazeologik, konseptual va emotsional turlariga e’tibor qaratgan holda, sarlavhalarda qanday estetik va kommunikativ yuklama berishini aniqlaganlar. Tadqiqot ishida sarlavhalardagi metaforalarning obrazlilik, emotsionallik, ekspressivlik, o‘quvchiga ta’sirchanlik singari jihatlari ochib berilgan. Shuningdek, maqola mediamatlarning badiiylashuvi, muallif pozitsiyasining bilvosita ifodasi va milliy-madaniy kontekstda metaforalarning ahamiyatini ko‘rsatib beradi. Ushbu ish medialingvistika, stilistika va jurnalistika nazariyasiga oid tadqiqotlar uchun muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi.