Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

INSTITUTSIONAL RIVOJLANISHDA RAQAMLASHTIRISHNING NAZARIY MODELLARI

Javoxir AripovToshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada raqamlashtirishning institutsional rivojlanishdagi nazariy modellari hamda ularning moliya tizimidagi ahamiyati tahlil qilingan. Ilmiy manbalar va xalqaro tajribalar asosida raqamli texnologiyalar davlat va xususiy sektor oʻrtasidagi munosabatlarda shaffoflikni oshirish, hisobdorlikni taʼminlash, tranzaksiya xarajatlarini kamaytirish va iqtisodiy samaradorlikni yuksaltirishdagi oʻrni yoritilgan. Texnologiyani qabul qilish modeli, innovatsiyalar tarqalishi nazariyasi va institutsional nazariya asosida raqamli yechimlarni joriy etish jarayoni tahlil etilgan. Shu bilan birga, raqamlashtirishning milliy sharoitdagi qiyinchiliklari infratuzilmaning yetarli emasligi, kichik va oʻrta biznes uchun ragʻbatlantirish mexanizmlarining zaifligi hamda kiberxavfsizlik muammolari koʻrsatib berilgan. Muallifning xulosalariga koʻra, raqamli texnologiyalarni institutsional islohotlar va xalqaro standartlar bilan uygʻunlashtirish Oʻzbekiston moliya tizimining barqarorligi va jamiyatda ishonchni mustahkamlashning asosiy omillaridan hisoblanadi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba