Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

SUYUQLIKLI ION SELEKTIV ELEKTRODLARINING SELEKTIVLIGINI MATEMATIK MODELLASHTIRISH

Techscience.uz.journal2025uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada suyuq membranali ion selektiv elektrodlarning potensiometrik tahlil usullarida qo‘llanilishi va ularning selektivlik koeffitsiyentini aniqlash masalalari yoritilgan. Ion selektiv elektrodlarning dolzarbligi ularning yuqori aniqlikdagi tahlil imkoniyatlari, keng qo‘llanilish sohasi hamda metrologik xarakteristikalari bilan izohlangan. Tadqiqotda Nikols–Eyzenman tenglamalari asosida elektrodlarning selektivlik koeffitsiyenti nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan hamda fazalararo muvozanat, diffuzion potensial va ion almashinish jarayonlarining ta’siri ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, turli ionlarning zaryad qiymatlari farqi selektivlik koeffitsiyentining shakllanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi asoslangan. Olingan natijalarga ko‘ra, potensiometrik selektivlik koeffitsienti faqat membranadagi ion almashinuvchi to‘liq dissotsiatsiyalanganda va asosiy hamda begona ionlar bir xil zaryadga ega bo‘lganda almashinuv doimiysi bilan mos keladi. Boshqa holatlarda esa selektivlik koeffitsiyenti murakkab funksional bog‘lanishlar orqali aniqlanadi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba