INGLIZ VA OʼZBEK XALQ ERTAKLARINING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI
ABI
Annotatsiya
Mazkur maqolada ingliz va oʻzbek xalq ertaklarining lingvomadaniy xususiyatlari tahlil qilingan. Xalq ertaklari xalqning tarixiy, madaniy va ijtimoiy hayotining aksidir. Ular orqali xalqning urf-odatlari, qadriyatlari, axloqiy qarashlari, dunyoqarashi va madaniy merosi namoyon boʻladi. Ingliz va oʻzbek ertaklari oʻziga xos jihatlarga ega boʻlsa-da, ularni umumiy gumanistik gʻoyalar - yaxshilikning yovuzlik ustidan gʻalabasi, adolat, jasorat va saxovat kabi tushunchalar birlashtirib turadi. Tadqiqotda har ikki madaniyatdagi ertaklarning personajlar, muhit, syujetlar va ogʻzaki anʼana doirasidagi oʻxshashliklari hamda tafovutlari lingvomadaniy nuqtai nazardan tahlil qilinadi.
Mavzular
Identifikatorlar
Iqtiboslar va manbalar
0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba