Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

PERIOSTIT - KASALLIK BELGILARI, DIAGNOSTIKA VA DAVOLASH

Pardayev, OtabekTermiz iqtisodiyot va servis universiteti nodavlat ta'lim muassasasi, Stomatologiya fanlar kafedrasi o'qituvchisi
ABI

Annotatsiya

Ushbu ilmiy ishda periostit — suyak usti pardasining yallig‘lanishi bilan kechuvchi patologik holat sifatida tahlil qilinadi. Maqolada kasallikning etiologiyasi, klinik belgilari, diagnostika usullari hamda zamonaviy davolash yondashuvlari o‘rganilgan. Tahlil shuni ko‘rsatadiki, periostit turli etiologik omillar — infeksion, travmatik yoki toksik ta’sirlar natijasida rivojlanadi. Uning klinik kechishi o‘tkir va surunkali shakllarda namoyon bo‘ladi. Radiologik tekshiruvlar, laborator tahlillar va klinik ko‘rsatkichlar asosida aniq tashxis qo‘yish muhim hisoblanadi. Zamonaviy davolash protokollari antibiotikoterapiya, fizioterapiya va zarurat tug‘ilganda jarrohlik aralashuvni o‘z ichiga oladi. Periostitni erta aniqlash va kompleks davolash suyak to‘qimalarining nekrozga uchrashini va infektsiyaning chuqurlashuvini oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba