Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

FLIPPED CLASSROOM + LMS ANALITIKASI: SCIENCE DARSLARIDA O'QUVCHI FAOLLIGINI OSHIRISH MODELI

Choriyeva Mahfuza SadriddinovnaTermiz iqtisodiyot va servis universiteti, tabiiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi
ABI

Annotatsiya

Mazkur tezisda flipped classroom (teskari sinf) modeli va LMS (Learning Management System) analitikasi integratsiyasi orqali SCIENCE fanlarini o‘qitishda o‘quvchi faolligini oshirish masalasi yoritiladi. An’anaviy o‘qitish jarayonida vaqtning katta qismi nazariy ma’ruzaga sarflansa, flipped classroom modeli orqali nazariy bilimlar raqamli muhitda mustaqil o‘zlashtiriladi va dars jarayoni asosan muhokama, tahlil va amaliy faoliyatlarga yo‘naltiriladi. LMS analitikasi esa o‘quvchilarning faolligi, topshiriqlardagi ishtiroki va natijalari haqida aniq ma’lumot beradi hamda differensial yondashuvni qo‘llash imkonini yaratadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, flipped classroom va LMS analitikasi integratsiyasi o‘quvchilarning motivatsiyasi, ishtiroki va bilim sifatini sezilarli darajada oshiradi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba