Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBasetez oradaEkotizim uchun ochiq API
Lotin
Maqola

TEMIR (Fe) MIKROELEMENTOZIDA OQ KALAMUSHLAR QALQONSIMON BEZIDAGI MORFOLOGIK VA MIKROSIRKULYATOR QIYOSIY O'ZGARISHLAR

O.G'.AslanovR.R.BaymuradovAbu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Anatomiya, klinik anatomiya (OXTA) kafedrasi dotsenti, PhD
ABI

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda temir (Fe) mikroelementozining oq zotsiz kalamushlarning qalqonsimon bez tuzilmasiga ta’siri o‘rganildi. Eksperimental guruhdagi hayvonlarda qon tomirlarining devor qalinlashuvi, perivaskulyar fibroz jarayonlar, follikulalar diametrining o‘zgarishi va kollagen tolalarining ko‘payishi kuzatildi. Morfometrik tahlillar follikulyar epiteliy balandligi va kapillyar diametrining ishonarli darajada kamayishini, follikula yuzasining torayishini ko‘rsatdi. Ushbu o‘zgarishlar temir yetishmovchiligi fonida mikrosirkulyator tizim va stromal komponentlar disbalansini aks ettiradi. Tadqiqot natijalari Fe homeostazining qalqonsimon bezdagi morfofunksional holatni saqlashdagi ahamiyatini tasdiqlaydi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba
Koʻrsatkichlar — AkademScholar · Tez orada