Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

Taraqqiyot Strategiyasi Doirasida Maktabgacha katta yoshdagi (5-7 yosh) bolalarda ijodiy qobiliyatni rivojlantirish texnologiyasi.

Nazarova Dilnoza EraliyevnaNizomiy nomidagi O'zbekiston milliy pedagogika universiteti Tarix kafedrasi dotsenti, tarix fanlari falsafa doktori (PhD)Sobirova Ro'zaxon Botir qizi
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqola bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimining barcha bosqichlarida, jumladan maktabgacha ta’lim sohasida ham shaxsning ijodiy salohiyatini rivojlantirish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganini yoritadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi 2022–2026-yillar uchun Taraqqiyot strategiyasi”da ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, bolalarning ijodiy fikrlashini qo‘llab-quvvatlash hamda har tomonlama yetuk shaxs tarbiyalash ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan. Shu bois maktabgacha katta yoshdagi bolalarda ijodiy qobiliyatni rivojlantirish texnologiyasi bugungi kunda nafaqat pedagogik, balki strategik ahamiyatga ega masalaga aylangan. Ijodiy qobiliyat bu shaxsning yangi, original g‘oya, fikr yoki mahsulot yaratish salohiyati bo‘lib, unda tafakkur, tasavvur va hissiy faoliyat birgalikda ishtirok etadi.Maktabgacha yoshdagi bolalarda bu qobiliyat asosan o‘yin, rasm, qo‘shiq, hikoya to‘qish, dramatizatsiya va konstruktorlik faoliyatlari orqali shakllanadi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba