Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

TARMOQLARARO MA'LUMOT ALMASHINUVIDA YANGI YENGIL (LIGHTWEIGHT) XAVFSIZLIK ALGORITMINI ISHLAB CHIQISHNING NAZARIY ASOSLARI

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada tarmoqlararo ma’lumot almashinuvi jarayonida yengil (lightweight) xavfsizlik algoritmlarining zarurligi va ularni ishlab chiqishning nazariy asoslari tahlil qilinadi. Zamonaviy IoT qurilmalari, cheklangan resurslarga ega sensorlar, past quvvatli hisoblash modullari va real vaqt rejimida ishlovchi tizimlar uchun an’anaviy kriptografik algoritmlar yuqori hisoblash murakkabligi sababli samarali emas. Shu bois, ma’lumotlarni himoyalash uchun yengil, resurs tejamkor va xavfsiz algoritmlarni yaratish dolzarb masala hisoblanadi. Tezisda yengil kriptografiya arxitekturasi, uning matematik modeli, asosiy funksional talablari, blok va oqim shifrlash elementlaridan foydalanish imkoniyatlari, autentifikatsiya haqidagi yondashuvlar, xavfsizlik darajasini baholash mezonlari hamda mavjud algoritmlar taqqoslanadi. Yakunda taklif etilgan yondashuvning nazariy asoslari va yengil kriptografik tizimlar uchun umumiy platforma modeli ishlab chiqiladi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba