Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

"MA'LUMOTLAR BAZASI" FANINI O'QITISHDA ARALASH TA'LIM (BLENDED LEARNING) TEXNOLOGIYASINING FLIPPED CLASSROOM MODELI ASOSIDA ELEKTRON O'QUV RESURS YARATISH

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada “Ma’lumotlar bazasi” fanini o‘qitishda aralash ta’limning samaradorligi hamda Flipped Classroom modeli asosida elektron o‘quv resurs yaratish jarayoni tahlil qilinadi. Tadqiqotning nazariy poydevori relyatsion model, ma’lumotlar bazasi dizayni, SQL amaliyotlari va konseptual modellashtirishga doir jahon adabiyotlariga tayangan holda shakllantirildi. Metodologiyada Blended Learning modeli talabalarning mustaqil o‘rganish sur’atini ta’minlash uchun qo‘llanildi, Flipped Classroom esa auditoriya mashg‘ulotlarini amaliy faoliyatga yo‘naltirishga xizmat qildi. Yaratilgan elektron o‘quv resurs video darslar, interaktiv slaydlar, simulyatorlar va test bloklaridan iborat bo‘lib, Mayerning multimedia nazariyasi asosida loyihalashtirildi. Tadqiqot natijalari talabalarning nazariy tushunchalarni o‘zlashtirish darajasi, SQL bilan ishlash ko‘nikmalari va ER-modellashtirish bo‘yicha amaliy bilimlari sezilarli oshganini ko‘rsatdi. Ushbu yondashuv “Ma’lumotlar bazasi” fanini raqamli ta’lim muhiti uchun mos va samarali o‘qitish modelini yaratishga imkon berdi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba