Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

ENDOKRIN, TOKSIK VA EKOLOGIK OMILLAR TA'SIRIDA URUG'DONLARNING MORFOLOGIYASI VA FUNKSIYASIDAGI O'ZGARISHLAR

ABI

Annotatsiya

Urug‘donlar spermatogenez (ekzokrin) va gormonal (endokrin) faoliyatni birlashtirgan holda, erkaklarning fertiliteti va umumiy gormonal muvozanatini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, endokrin buzilishlar, toksik moddalar, temperatura o‘zgarishlari, radiatsiya va stress kabi tashqi omillar urug‘donlarning tuzilishi va funksiyasida jiddiy o‘zgarishlarga olib keladi. Bu o‘zgarishlar spermatogenez buzilishi, fertilitetning pasayishi hamda endokrin tuzilmalarda qayta qurilish sifatida namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, salbiy ta’sirlarni qisman kompensatsiya qiluvchi adaptatsion mexanizmlar mavjudligi aniqlangan bo‘lib, bu profilaktika va terapevtik tuzatish bo‘yicha yangi istiqbollarni ochadi. Sharhda zamonaviy eksperimental va nazariy ma’lumotlar umumlashtirilib, reproduktiv biologiya va tibbiyotda integrativ yondashuvning ahamiyati ta’kidlangan.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba