Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

NAFLILIK VA BEFARQLIK EGRI CHIZIG'I

Turopova Nigora Xolmurod qiziIqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsentXo'shayeva Ozoda Hikmat qiziTerdu iqtisodiyot yoʻnalishi 2-bosqich talabasi
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada mikroiqtisodiy nazariyada iste’molchi xulq-atvorini tushuntirishda muhim o‘rin tutuvchi naflilik va befarqlik egri chizig‘i konsepsiyasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda naflilik tushunchasining subyektiv-iqtisodiy tabiati, iste’molchi afzalliklarining shakllanish mexanizmi hamda ularni grafik ifodalash imkoniyatlari ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Befarqlik egri chiziqlari yordamida iste’molchi tanlovining ichki mantiqi, cheklangan resurslar sharoitida muqobil variantlar o‘rtasidagi tanlov muammosi ochib beriladi. Maqolada nazariy xulosalar jadval orqali mustahkamlanib, iste’molchi qarorlarining izchilligi va iqtisodiy qonuniyatlarga bo‘ysunishi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari mikroiqtisodiy modellashtirish va bozor tahlilida amaliy ahamiyat kasb etadi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba