Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

DAROMAD SAMARASI VA ALMASHTIRISH SAMARASI

Nigora TuropovaIqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsentNasiba Bo`riqul qizi SuyunovaTerdu iqtisodiyot yoʻnalishi 2-bosqich talabasi
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada mikroiqtisodiyot nazariyasining markaziy tushunchalaridan bo‘lgan daromad samarasi va almashtirish samarasi chuqur ilmiy tahlil qilinadi. Narxlarning o‘zgarishi sharoitida iste’molchi xulq-atvorining qanday shakllanishi, talab egri chizig‘ining ichki tuzilmasi va uni tashkil etuvchi omillar nazariy hamda amaliy jihatdan izohlanadi. Tadqiqot davomida klassik va zamonaviy iqtisodiy maktablar qarashlari qiyosiy tahlil qilinib, Hicks va Slutsky yondashuvlarining metodologik farqlari ochib beriladi. Shuningdek, daromad va almashtirish samaralarining real bozor sharoitida, xususan, o‘tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlar misolida namoyon bo‘lish xususiyatlari tahlil etiladi. Olingan natijalar iste’molchi tanlovi nazariyasini chuqurroq anglash, narx siyosati va ijtimoiy-iqtisodiy qarorlarni asoslashda muhim ilmiy xulosalar chiqarishga imkon beradi

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba