MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARDA AXLOQIY SIFATLARINI SHAKLLANTIRISHDA OILANING OʻRNI
Annotatsiya
Mazkur maqolada milliy qadriyatlar asosida maktabgacha katta yoshdagi bolalarda axloqiy sifatlarni shakllantirishda oilaning oʻrni tahlil etiladi. Bolaning axloqiy tarbiyasida oila birlamchi tarbiya muhitini yaratishi, milliy va ma'naviy qadriyatlarni singdirishi muhim omil sifatida qaraladi. Shuningdek, ota-onalarning shaxsiy namuna koʻrsatishi, oʻzbek an'analari va urf-odatlari orqali bolalarni mehribonlik, halollik, odob-axloq qoidalariga oʻrgatish jarayonlari yoritiladi. Maqolada oilaning pedagogik hamkorligi va ta'lim muassasalari bilan uygʻun faoliyat yuritishi bolaning axloqiy kamoloti uchun zarurligi ta'kidlanadi. Tadqiqot natijalari milliy qadriyatlar asosida axloqiy tarbiya jarayonini samarali tashkil etish boʻyicha tavsiyalar bilan boyitilgan.