SO'Z VA SOZ SAN'ATI DOIRA CHOLG'USI HAQIDA
Annotatsiya
Annotatsiya: Mazkur maqolada o‘zbek xalq musiqiy merosida muhim o‘rin tutuvchi doira cholg‘usining tarixi, shakllanish jarayoni, ijrochilik an’analari hamda uning so‘z va soz san’ati bilan uzviy bog‘liqligi ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan. Doiraning marosimiy, ma’rifiy va estetik vazifalari, ijro texnikasi, ritmik tuzilmalari hamda ustoz-shogird maktablari misolida uning o‘ziga xos badiiy xususiyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada doira ijrochiligining folklor ansambllardagi o‘rni, mumtoz ashula va zamonaviy sahna musiqasiga ta’siri bilan birga, bugungi kunda uni o‘qitish metodikasi va yosh avlod ongida milliy musiqiy madaniyatni shakllantirishdagi ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari doira san’ati nafaqat badiiy ifoda vositasi, balki xalqning tarixiy xotirasi, madaniy o‘zligini saqlovchi durdona san’at namunasi ekanligini asoslaydi.