Asosiy kontentga oʻtish
Boshqa

Malakali velopoygachilarning MIX estafeta bahslarida burilish texnikasini takomillashtirishning pedagogik asoslari

2025uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur tezisda malakali velopoygachilarning MIX estafeta bahslarida burilish texnikasini takomillashtirishning pedagogik asoslari yoritilgan. Tadqiqotda sportchilarning burilish uchastkalarini bosib o‘tish jarayonidagi texnik-taktik harakatlari, harakat traektoriyasini tanlash, tezlikni saqlash hamda velosipedni boshqarish barqarorligiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilingan. Pedagogik kuzatuv, test sinovlari va matematik-statistik tahlil usullaridan foydalanilib, maxsus tayyorlangan trassalarda olingan natijalar asosida burilish texnikasining samaradorligi baholangan. Tadqiqot natijalari burilish uchastkalarida yo‘l qo‘yiladigan texnik xatolarni kamaytirish, harakat samaradorligini oshirish hamda MIX estafeta bahslarida jamoaviy natijalarni yaxshilashga xizmat qiluvchi maxsus mashg‘ulot vositalarini qo‘llashning pedagogik ahamiyatini asoslab beradi. Ishlab chiqilgan tavsiyalar murabbiylar va malakali velopoygachilarni tayyorlash jarayonida burilish texnikasini takomillashtirish hamda musobaqa faoliyati samaradorligini oshirishda amaliy ahamiyat kasb etadi.

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba