Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

QOVOQ, QOVOQCHA VA PATISSON MEVALARINING KIMYOVIY TARKIBI HAMDA OZUQA QIYMATI

Navbahor JumaniyazovaAbu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti dotsenti, b.f.f.d. (PhD)
ABI

Annotatsiya

Qovoqdoshlar (Cucurbitaceae) oilasiga mansub qovoq, qovoqcha va patisson mevalari oziq-ovqat sanoati, dietologiyada, fitoterapiyada muhim ahamiyatga ega. Ushbu sharh maqolada qovoq, qovoqcha, patisson o‘simliklarining mevasi tarkibidagi asosiy ozuqa moddalari, vitaminlar, minerallar, bioaktiv va fitokimyoviy birikmalar karotinoidlar, flavonoidlar, pektin kabi yuqori biologik faol moddalar manbayi tahlili berilgan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, har bir tur o‘ziga xos biokimyoviy tarkibga ega bo‘lib, ularning oziq-ovqat sanoatida, farmatsevtikada va sog‘lom turmush tarzida ahamiyati katta hisoblanadi Qovoq karotinoidlar va pektinlar jihatidan, qovoqcha muhim minerallar hamda parhezbop xususiyatlari bilan, patisson esa yosh mevalarida yuqori biologik faollikka ega moddalar bilan ajralib turadi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba