Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

DIABETIK NEFROPATIYADA ERTA DIAGNOSTIKA VA ZAMONAVIY DAVOLASH YONDASHUVLARI

Sunnatullayeva Madina Zokir qiziSamarqand davlat tibbiyot universiteti Endokrinologiya kafedrasi 1-kurs klinik ordinatorErgasheva Iroda Sodiq qiziSamarqand davlat tibbiyot universiteti Endokrinologiya kafedrasi 1-kurs klinik ordinatorAbduxalilova Aziza AdhamovnaSamarqand davlat tibbiyot universiteti Endokrinologiya kafedrasi 1-kurs klinik ordinator
ABI

Annotatsiya

Diabetik nefropatiya qandli diabetning eng og‘ir va prognoz jihatdan noqulay asoratlaridan biri bo‘lib, buyraklarning glomerulyar apparati va tomir tizimining asta-sekin zararlanishi bilan tavsiflanadi. Kasallik uzoq muddatli giperglikemiya fonida rivojlanib, mikroalbuminuriya, proteinuriya va buyrak funksiyasining pasayishi bilan kechadi. Ushbu tezisda diabetik nefropatiyaning rivojlanish mexanizmlari, erta diagnostika mezonlari va zamonaviy profilaktik yondashuvlar tahlil qilinadi. O‘z vaqtida aniqlash va glyukemik hamda arterial bosimni samarali nazorat qilish kasallikning rivojlanishini sekinlashtirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi asoslab beriladi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba