Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

BORAT KISLOTA-FOSFAT KISLOTA-MOCHEVINA-ZnO ASOSIDAGI ANTIPIRENNI PAXTA VA 50/50 PAXTA–POLIESTER MATOLARGA INTEGRATSIYASI

F. NurkulovToshkent davlar tibbiyot universiteti Termiz filialiXayit Xudoynazarovich To‘rayevTermiz Davlat UniversitetiFayzulla Nurmo‘minovich NurqulovToshkent kimyo texnologiya ilmiy tadqiqot instituti
ABI

Annotatsiya

Ushbu ishda borat kislota, ortofosfat kislota, mochevina va rux oksidi (ZnO) kombinatsiyasidan iborat antipiren kompozitsiyasi ishlab chiqildi va u 100% paxta hamda 50/50 paxta–poliester matolarga kimyoviy biriktirish orqali integratsiya qilindi. Matolarning kimyoviy o‘zgarishlari IQ spektroskopiya orqali, termik barqarorligi esa termogravimetrik tahlil (TGA) yordamida baholandi. IQ spektrlarida 3301, 2991, 1559, 1433, 1078 va 831 cm⁻¹ oralig‘ida kuzatilgan cho‘qqilar antipirenning tola yuzasiga muvaffaqiyatli birikkanligini ko‘rsatadi. TGA natijalari esa modifikatsiyalangan namunalar uchun piroliz jarayonlarini kechiktirish va ko‘mir qoldig‘i ortishini namoyon qildi, bu ko‘piklanish va mineral bar’yer mexanizmlarining orqali amalga oshdi. Ishning ilmiy yangiligi — ZnO nanozarralarining bor-fosfor-azot tizimiga kiritilishi natijasida hosil bo‘lgan sinergetik effekt va bu antipirenning yuvishga chidamlilikning ortishiga olib keldi.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar