JAHONDA TURIZM RIVOJLANISHINING TARKIBIY RIVOJLANISHI: TURIZM NAZARIYASINING KONSEPTUAL ASOSLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada jahon turizmi rivojlanishining zamonaviy bosqichlari, uning tarkibiy tuzilmalari va shakllanish omillari tizimli tahlil qilinadi. Turizm nazariyasining konseptual asoslari – iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik va texnologik omillar nuqtayi nazaridan yoritilib, global va mintaqaviy darajadagi turistik jarayonlarning dinamikasi o‘rganiladi. Shuningdek, maqolada turizm nazariyasining evolyutsiyasi, konseptlararo tafovutlar, amaliy va nazariy yondashuvlar o‘rtasidagi uyg‘unlik masalalari ilmiy tahlil asosida ko‘rib chiqiladi. Ushbu tadqiqot natijalari asosida zamonaviy turizm siyosatini shakllantirish, strategik rejalashtirish hamda barqaror turizm rivojini ta'minlashda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan nazariy yondashuvlar asoslab beriladi.