RAQAMLI TA'LIM VA UNING O'QITISH JARAYONIGA TA'SIRI
Annotatsiya
Ushbu maqolada raqamli ta’limning mazmuni, uning zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni hamda o‘quv jarayoniga ko‘rsatadigan ta’siri ilmiy asosda tahlil qilingan. Raqamli texnologiyalar yordamida o‘qitish jarayonini optimallashtirish, talabalar faolligini oshirish va ta’lim sifati hamda samaradorligini kuchaytirish imkoniyatlari yoritilgan. Maqolada raqamli o‘quv platformalari, multimedia vositalari, sun’iy intellektga asoslangan ta’lim tizimlari va masofaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklari hamda amaliy qo‘llanishi ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, raqamli ta’lim jarayonida uchraydigan texnik, metodik va psixologik muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilgan. Tadqiqot natijalari raqamli ta’limni samarali tashkil etish orqali o‘qitish sifatini oshirishga xizmat qiladi va ta’lim jarayonini innovatsion yondashuv bilan boyitadi.