Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

10–11 YOSHLI O'QUVCHILARNING JISMONIY SIFATLARINI AMALIY GIMNASTIKA MASHG'ULOTLARIDA RIVOJLANTIRISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Mahammadiyev Faruddun Qosimjon o'g'liSamarqand davlat pedagogika instituti magistriXolboyeva Gulxayo Xolboyevnav.b., prof, (DSc)
ABI

Annotatsiya

10–11 YOSHLI O‘QUVCHILARNING JISMONIY SIFATLARINI AMALIY GIMNASTIKA MASHG‘ULOTLARIDA RIVOJLANTIRISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH Mahammadiyev Faruddun Qosimjon o’g’li Samarqand davlat pedagogika instituti magistri Xolboyeva Gulxayo Xolboyevna v.b., prof, (DSc) https://doi.org/10.5281/zenodo.18359924 Annotatsiya: Mazkur ilmiy maqolada 10–11 yoshli o‘quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishda amaliy gimnastika mashg‘ulotlarining samaradorligini oshirish masalalari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida mazkur yosh davriga xos bo‘lgan jismoniy rivojlanish xususiyatlari, harakat faolligi va psixofiziologik imkoniyatlar tahlil qilindi. Amaliy gimnastika mashg‘ulotlarida kuch, chaqqonlik, egiluvchanlik, muvozanat va chidamlilik sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan mashqlar majmuasi ishlab chiqildi va tajriba-sinov jarayonida sinab ko‘rildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, mashg‘ulotlarni yosh xususiyatlariga mos, bosqichma-bosqich va tizimli tarzda tashkil etish o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini sezilarli darajada oshiradi. Shuningdek, o‘quvchilarning darslarga bo‘lgan qiziqishi va harakat faolligi ham ortganligi aniqlandi. Ushbu tadqiqot natijalari umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya darslarini samarali tashkil etishda amaliy ahamiyatga ega. Kalit so‘zlar: jismoniy sifatlar, amaliy gimnastika, 10–11 yoshli o‘quvchilar, jismoniy tarbiya, harakat faolligi, jismoniy rivojlanish.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba