Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

QIZILQUM HUDUDIDAGI KAOLINGA ISTIQBOLLI MAYDONING GЕOLOGIK TUZILISHI, MODDIY TARKIBI VA ULARNING HOSIL BO‘LISH OMILLARI (ZAXQUDUQ, ALYANS, ALTINTAU MAYDONLLARI)

Abdurazak Umirzakovich MirzayevO‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limiXumoyun Raxmatovich YusupovO‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limiShoxruh Alishero‘g‘li ToshtemirovMirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetiUzruh Xasanovich NazarovO‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada Qizilqum hududidagi istiqbolli kaolin maydonlarining (Zaхkuduk, Alyans, Altintau) geologik tuzilishi, minerallashuvi, moddi yotqiziqlari va kaolinlarning shakllanish omillari kompleks o‘rganilgan. Tadqiqotlarda hududda uchraydigan birlamchi (qoldiq), ikkilamchi (cho‘kindi), metamorfizmga uchramagan va karst genezisli kaolinlarning tarkibi, tarqalishi va ularning sanoat ahamiyati ilmiy asoslangan. Kaolin xom ashyosining yuqori sifat ko‘rsatkichlari — past temir oksidlari, past ishqorlar, baland kaliy moduli (4 dan yuqori), hamda pegmatitlarga nisbatan granitlarning kaolinlashgan nurash qobiqlarining muhim manba sifatidagi ustunliklari yoritilgan. Qarnab, Ketmenchi, Oltintau, Auminzatov kabi hududlarda rivojlangan nurash po‘stlari, ularning qalinligi, miqdoriy zaxiralari (yuz ming tonnalardan milliard tonnagacha) va morfologik-geologik xususiyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, metamorfik slaneslar, karbonatli jinslar va yuqori bo‘r davri gilli-qumli qatlamlaridagi kaolinlashuv jarayonlari, dayka tipidagi kaolinlashgan tanalar, ularning mineral tarkibi (kaolinit, gidroslyuda, galluazit, montmorillonit, relikt kvars va b.) batafsil ko‘rsatib o‘tilgan. Hududda uchraydigan alunit va galluazitli konlar ham tasniflanib, ularning genezisi yoritilgan.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba