Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

TIL KONTAKTIDA INTERFERENSIYA: O'ZLASHUV, XATOLIK VA O'QITISH METODIKASI (O'ZBEK–INGLIZ KONTEKSTIDA)

Abdulhamidova Latofat Baxrom qiziTermiz iqtisodiyat va servis universiteting xorijiy til va adabiyot yo'nalishi magistrantiSafarova Farida Narmuratovna
Open MINDrepository2026uz
ABI

Annotatsiya

Til kontaktlari kuchaygan sari “interferensiya” hodisasi nafaqat ikki til orasidagi xatoliklar (negativ transfer), balki o‘zlashuv (qarz so‘zlar, kalkalar) va me’yoriy raqobat (variantlilik) ko‘rinishida ham namoyon bo‘lmoqda. Ushbu maqolada interferensiya tilshunoslik va chet tilini o‘qitish nuqtayi nazaridan uch yo‘nalishda tahlil qilinadi: (1) o‘zlashuv (borrowing) – leksik va struktur birliklarning qabul qiluvchi tilga ijtimoiy ehtiyoj va prestij ta’sirida singishi; (2) xatolik (error) – o‘rganuvchi nutqida L1 ta’siri sabab yuzaga keladigan me’yordan chetlanish; (3) metodik yechim – o‘qitishda diagnostika, kontrastiv anglash, korpusga tayangan “noticing” va formaga yo‘naltirilgan yondashuvlar orqali salbiy interferensiyani kamaytirish. Tadqiqot dizayni ikkilamchi ma’lumotlar (published data) asosida qiyosiy tahlilga qurildi: bir tomondan, ingliz tilidan o‘zlashgan birliklar ulushi 1989–1992 yillar mediasida keskin o‘zgarishi haqidagi korpus natijalari (foiz va chastotalar); ikkinchi tomondan, o‘zbek EFL o‘rganuvchilarining 40 ta inshosida aniqlangan 1 248 ta xatolik bo‘yicha kategoriyalar va ulushlar. Natijalar o‘zlashuv va xatolik mexanizmlari agenti, funksiyasi hamda me’yor bilan munosabatida farqlanishini ko‘rsatadi: o‘zlashuv ko‘pincha ehtiyoj–prestij–institutsional me’yor triadasiga bog‘liq bo‘lsa, xatolik kognitiv qayta ishlash, “interlanguage” tizimi va e’tibor resurslari bilan uzviy. Metodik jihatdan esa og‘zaki tuzatish (corrective feedback) bo‘yicha sinf sharoitidagi meta-tahlil natijalari (N=827) hamda formaga yo‘naltirilgan yondashuvlar interferensiyani kamaytirishda dalillangan samaradorlikka ega

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba