Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

SIYOSIY TERMIN TUSHUNCHASI, UNING SHAKLLANISH MANBALARI VA TERMINOLOGIK XUSUSIYATLARI (INGLIZ VA O'ZBEK TILLARI MISOLIDA)

Norboyeva Marjona Safar qiziTermiz iqtisodiyat va servis Universiteting xorijiy til va adabiyot yo'nalishining magistrantiTairova Mahfuza Abdisattarovna
Open MINDrepository2026uz
ABI

Annotatsiya

Maqolada “siyosiy termin” tushunchasi terminologiya fanining konseptga yo‘naltirilgan (concept-oriented) yondashuvi asosida izohlanadi va ingliz hamda o‘zbek tillaridagi siyosiy-ijtimoiy leksikaning shakllanish manbalari, normlanishi va qo‘llanish xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi global boshqaruv, xalqaro indekslar, transmilliy siyosiy muloqot hamda davlat tilini rivojlantirish siyosati sharoitida siyosiy terminlarning bir xilligi (standardlashuv), aniqligi (univokallik) va tarjima muammolarining keskinlashgani bilan belgilanadi. Material sifatida xalqaro boshqaruv ko‘rsatkichlari (Worldwide Governance Indicators) hujjatlari va metodologik izohlari, Korrupsiyani idrok etish indeksi (CPI) tavsifi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni va Atamalar komissiyasi faoliyatini takomillashtirishga doir normativ hujjat matnlari, hamda ommaviy-analitik matnlarda uchraydigan WGI atamalarining o‘zbekcha muqobillari tanlandi. Metod sifatida hujjatlarni lingvistik-kontent tahlili, termin hosil bo‘lish modellarini (o‘zlashma, kalkalash, affiksatsiya, birikma/kompozitsiya, abbreviatsiya) belgilash va terminologik xususiyatlarni (monosemiya, sinonimiya, variativlik, stilistik neytrallik, tizimlilik) baholash qo‘llandi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ingliz siyosiy terminologiyasi ko‘p hollarda ko‘p komponentli ot birikmalari va qisqartmalar (acronym) orqali ixcham “institutsional” ma’no yaratadi; o‘zbek siyosiy terminologiyasida esa o‘zlashmalar bilan bir qatorda kalkalash, -lik/-dor/-iy kabi affikslar, izofali-genitiv qurilmalar va “X bo‘yicha Y” tipidagi konstruktsiyalar yuqori ulushni egallaydi. O‘zbek terminologiyasida normativ institutsionallashtirish (Atamalar komissiyasi) kuchaygani variativlikni kamaytirish va terminlarni yagona konsept tizimida mustahkamlashga xizmat qilishi asoslandi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba