Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

O'QUV-MASHG'ULOT GURUHLARIDA 800 METRGA YUGURUVCHILARNI SPORT MUSOBAQALARIGA TAYYORLASHNI TAKOMILLASHTIRISH

Mixliboyev Muxriddin Mixliboy o'g'liSamarqand davlat pedagogika instituti magistriImomov Mavlon AbdusalomovichSamarqand davlat pedagogika instituti dotsenti
Open MINDrepository2026uz
ABI

Annotatsiya

O‘QUV-MASHG‘ULOT GURUHLARIDA 800 METRGA YUGURUVCHILARNI SPORT MUSOBAQALARIGA TAYYORLASHNI TAKOMILLASHTIRISH Mixliboyev Muxriddin Mixliboy o‘g‘li Samarqand davlat pedagogika instituti magistri Ilmiy rahbar: dotsent Imomov Mavlon Abdusalomovich Samarqand davlat pedagogika instituti dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.18467829 Annotatsiya: Mazkur ilmiy maqolada o‘quv-mashg‘ulot guruhlarida shug‘ullanuvchi 800 metrga yuguruvchilarni sport musobaqalariga tayyorlash jarayonini takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan. 800 metrga yugurish yengil atletikaning murakkab turlaridan biri bo‘lib, sportchidan yuqori darajadagi tezlik, maxsus chidamlilik hamda taktik tayyorgarlikni talab etadi. Tadqiqot jarayonida mashg‘ulot yuklamalarini rejalashtirish, tezlik-chidamlilik sifatlarini rivojlantirish hamda musobaqa faoliyatiga moslashuvni oshirishga qaratilgan uslubiy yondashuvlar qo‘llanildi. Ilmiy-uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish, pedagogik kuzatuv va nazorat testlari asosida olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, mashg‘ulot jarayoniga maxsus yo‘naltirilgan mashqlarni tizimli joriy etish sportchilarning natijalarini sezilarli darajada yaxshilaydi. Tadqiqot xulosalari o‘quv-mashg‘ulot guruhlarida 800 metrga yuguruvchilarni tayyorlash jarayonini optimallashtirishda amaliy ahamiyatga ega. Kalit so‘zlar: 800 metrga yugurish, o‘quv-mashg‘ulot jarayoni, sport tayyorgarligi, tezlik-chidamlilik, musobaqa faoliyati.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba