Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

TA’LIMNI RAQAMLASHTIRISH NAZARIYASINING ILMIY ASOSLARI

Oybek SulaymanbekovSamarkand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari, Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada ta’limni raqamlashtirish nazariyasining ilmiy-nazariy asoslari kompleks yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida raqamli ta’lim tushunchasining mazmun-mohiyati, uning shakllanish bosqichlari hamda zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni ochib beriladi. Raqamli ta’lim muhitining infratuzilmasi, boshqaruv mexanizmlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta’lim jarayoniga integratsiyalashuvi hamda innovatsion pedagogik modellar orqali o‘quv jarayonini transformatsiyalash masalalari yoritiladi. Maqolada ta’limni raqamlashtirish nazariyasi zamonaviy pedagogik va psixologik yondashuvlar — xususan, konnektivizm va tranzaksion masofa nazariyalari bilan uzviy bog‘liqlikda tahlil qilinadi. Raqamli ta’lim jarayonida masofaviylik, moslashuvchanlik, individuallashtirish va interaktivlik tamoyillarining ahamiyati asoslab beriladi. Shuningdek, raqamli texnologiyalarning ta’lim sifati va samaradorligini oshirishdagi roli, bo‘lajak pedagoglarning raqamli kompetensiyalarini shakllantirish zarurati hamda ta’lim jarayonini makon va zamon cheklovlarisiz tashkil etish imkoniyatlari ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, raqamli transformatsiyani samarali amalga oshirish hamda uzluksiz ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Hali tarjima qilinmagan

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba