Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBasetez oradaEkotizim uchun ochiq API
Lotin
Maqola

OROL DENGIZI QURIGAN TUBIDA UCHROVCHI SALSOLA RICHTERI O‘SIMLIGI ILDIZI HAMDA ILDIZ ATROFIDAGI TUPROG‘IDA UCHROVCHI MIKROORGANIZMLARNI MALDI-TOF MS ASOSIDA IDENTIFIKATSIYASI

Rakhmatullayev IslomMurodova Sayyora SobirovnaO‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali, Biotexnologiya kafedrasi professoriO‘ralov Abdumannon IskandarovichO‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali, Biotexnologiya kafedrasi mudiri
ABI

Annotatsiya

Orol dengizi qurigan tubi ekstremal sho‘rlik va qurg‘oqchilik sharoitlari bilan ajralib turadi va bu hududda o‘suvchi o‘simliklarning rizosferasi ekstrimal muhitga adabtatsiya qilgan mikroorganizmlar bilan boy bo‘lishi mumkin. Ushbu tadqiqotda Orolbo‘yi hududida keng tarqalgan galofit o‘simlik —Salsola richteri ildizi va ildiz atrofidagi tuprog‘ida uchrovchi kultivirlanuvchi mikroorganizmlarni MALDI-TOF MS usuli asosida identifikatsiya qilish maqsad qilingan. Tuproq va ildiz namunalari klassik mikrobiologik usullar (bosqichli suyultirish) yordamida ajratilib, bir nechta mikroorganizmni sof kulturalari olindi. Ajratilgan izolyatlar morfologik, fiziologik hamda biokimyoviy tahlillaridan so‘ng MALDI-TOF MS tizimi orqali identifikatsiya qilindi. Natijalar rizosfera va ildiz bilan bog‘liq mikroorganizmlar tarkibida asosan Bacillus, Enterobacter oilalariga mansub bakteriyalar hamda Rhodococcus oilasiga mansub aktinomitsetlar ustunligini ko‘rsatdi. Ushbu mikroorganizmlar sho‘rlangan va qurg‘oqchil muhitga moslashgan bo‘lib, o‘simliklarning ekstremal sharoitda barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Olingan natijalar Oralbo‘yi hududida fitomelioratsiya va biotexnologik maqsadlar uchun istiqbolli mikroorganizmlarni tanlashda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba
Koʻrsatkichlar — AkademScholar · Tez orada