BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA MATEMATIK MASALALARNI LOYIHA ASOSIDA O‘RGATISH
Annotatsiya
Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida matematik masalalarni loyiha faoliyati asosida o‘rgatishning pedagogik ahamiyati va didaktik imkoniyatlari atroflicha yoritilgan. Tadqiqotda loyiha faoliyatining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik bilimlarni o‘zlashtirish jarayoniga ta’siri, shuningdek, ularning mantiqiy fikrlashi hamda nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Loyiha asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, muammoni tahlil qilish, fikrini og‘zaki va yozma shaklda bayon etish ko‘nikmalari shakllanishi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari asosida matematika darslarida loyiha faoliyatidan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan
Hali tarjima qilinmagan