Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

ZARDUSHTIYLIK ELEMENTLARINING O'ZBEK URF-ODATLARI BILAN UZVIY BOG'LIQLIGI

Jurayev Sanjar RamazonovichTermiz Iqtisodiyot va Servis universiteti Tibbiyot fakulteti dekan o`rinbosariAlimardonova Aziza ChariyevnaTermiz iqtisodiyot va servis universiteti, Tibbiyot fakulteti talabasi
Open MINDrepository2026uz
ABI

Annotatsiya

Mazkur maqolada zardushtiylik dinining tarixiy ildizlari va uning o‘zbek xalqining milliy urf-odatlari, an’analari hamda marosimlariga ko‘rsatgan ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Markaziy Osiyo hududida keng tarqalgan zardushtiylik qadimgi davrlarda nafaqat diniy e’tiqod tizimi, balki ijtimoiy, ma’naviy va madaniy hayotning muhim tarkibiy qismi sifatida shakllangan. Tadqiqot davomida o‘zbek xalqining ayrim marosimlari, jumladan, Navro‘z bayrami, olov bilan bog‘liq marosimlar, poklik tushunchasi, suv va yerga bo‘lgan hurmat kabi urf-odatlarda zardushtiylikka xos elementlar saqlanib qolganligi aniqlangan. Shuningdek, mazkur elementlarning avloddan-avlodga o‘tib, zamonaviy o‘zbek jamiyatining madaniy qadriyatlari tarkibiga singib ketganligi ilmiy asosda yoritilgan.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba