Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

ANTIBIOTIKLARGA REZISTENTLIK MUAMMOSI VA UNI OLDINI OLISH

Maxfirat KibriyevaTermiz iqtisodiyot va servis universiteti Morfologik fanlar kafedrasi o'qituvchisiOzodbek OdiljonovTermiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot fakulteti talabasi
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada zamonaviy tibbiyot va jamoat salomatligi oldida turgan eng dolzarb muammolardan biri — antibiotiklarga rezistentlik masalasi har tomonlama tahlil qilinadi. Antibiotik rezistentlik bakteriyalarning antibiotik dorilarga nisbatan chidamlilik xususiyatini rivojlantirishi natijasida yuzaga kelib, infeksion kasalliklarni davolash samaradorligini keskin pasaytiradi. Tadqiqotda rezistentlikning kelib chiqish sabablari, jumladan antibiotiklarni me’yoridan ortiq va nazoratsiz qo‘llash, o‘z-o‘zini davolash, veterinariya va qishloq xo‘jaligida antibiotiklardan noto‘g‘ri foydalanish kabi omillar yoritiladi. Shuningdek, antibiotiklarga rezistent mikroorganizmlarning global miqyosda tarqalishi va ularning sog‘liqni saqlash tizimiga, iqtisodiyotga hamda jamiyatga salbiy ta’siri ko‘rib chiqiladi. Maqolada antibiotik rezistentlikni oldini olishning samarali strategiyalari, jumladan ratsional antibiotik terapiyasi, shifokor nazorati ostida davolanish, profilaktik choralar, aholi orasida tibbiy savodxonlikni oshirish va xalqaro hamkorlikning ahamiyati asoslab beriladi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba