Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

SHOK HOLATI VA UNING TURLARI: ETIOLOGIYASI, PATOGENEZI VA KLINIK AHAMIYATI

Rustamov Yusufjon Rustam o'g'liRSHTYOIMSF Reanimatsiya va anestiziologiya yo'nalishi 2-kurs klinik ordinatori
Open MINDrepository2026uz
ABI

Annotatsiya

Shok holati organizmning o‘tkir hayot uchun xavfli patologik jarayoni bo‘lib, to‘qimalar perfuziyasining keskin buzilishi, kislorod yetishmovchiligi hamda hujayra metabolizmining izdan chiqishi bilan tavsiflanadi. Ushbu holat turli etiologik omillar, jumladan, og‘ir travmalar, qon yo‘qotish, infeksiyalar, allergik reaksiyalar va yurak faoliyatining yetishmovchiligi natijasida yuzaga keladi. Shok rivojlanishi jarayonida gemodinamik, neyrogumoral va metabolik o‘zgarishlar yuzaga kelib, ular organizmning kompensator imkoniyatlarini susaytiradi va hayotiy muhim organlar faoliyatining buzilishiga olib keladi. Mazkur maqolada shok holatining etiologik omillari, patogenetik mexanizmlari, asosiy turlari hamda ularning klinik ahamiyati ilmiy manbalar asosida tahlil qilindi. Shuningdek, shokning organizmga ta’siri, mikrosirkulyatsiya buzilishlari va to‘qima gipoksiyasining rivojlanish xususiyatlari yoritildi. Olingan ma’lumotlar shok holatini o‘z vaqtida aniqlash va samarali davolash choralarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba