Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBasetez oradaEkotizim uchun ochiq API
Lotin
Maqola

<b>SUV TANQISLIGI SHAROITIDA SUG‘ORISH TIZIMLARINING AQLLI BOSHQARUVI: QASHQADARYO VILOYATI VA QOSH-TEPA KANALI TA’SIRI MISOLIDA</b>

ABI

Annotatsiya

Ushbu maqola Amudaryo havzasida qurilayotgan Qosh-tepa kanalining Qashqadaryo viloyati suv ta’minotiga salbiy ta’sirini yumshatish maqsadida, kollektor-drenaj suvlaridan (KDS) xavfsiz foydalanishning intellektual tizimini ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Viloyat sug‘orish suvlarining 73% qismi Amudaryodan nasoslar orqali olinishini hisobga olib, suv tanqisligini qoplash uchun mineralizatsiyasi yuqori bo'lgan drenaj suvlarini chuchuk suv bilan aralashtirib ishlatish taklif etiladi. Jarayonni boshqarish uchun Physics-Informed Neural Networks (PINN) va Internet of Things (IoT) texnologiyalariga asoslangan gibrid model ishlab chiqildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, impulsli sug‘orish rejimi va tuproqdagi tuz ko‘chish jarayonlarini real vaqtda nazorat qilish orqali suv sarfini 20-25% ga qisqartirish va tuproqning ikkilamchi sho‘rlanishini oldini olish mumkin.

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

Koʻrsatkichlar — AkademScholar · Tez orada