Asosiy kontentga oʻtish
AkademIndex

Mahsulotlar

Ishlab chiquvchilar uchun

AkademBaseEkotizim uchun ochiq API
Maqola

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA RAQAMLI SAVODXONLIKNI SHAKLLANTIRISHNING INNOVATSION USULLARI: METODLAR, VOSITALAR VA DARS DIZAYNI

Sardorbek Qudratov Nortoji o'g'liTermiz iqtisodiyot va servis universiteti Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang'ich ta'lim) 1-kurs magistrantiIsmoilov Bobur ToxirovichTermiz iqtisodiyot va servis universiteti Maktabgacha va boshlangʻich ta'lim nazariyasi kafedrasi mudiri, dotsent, Pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)
ABI

Annotatsiya

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida raqamli savodxonlikni shakllantirishning innovatsion usullari metodik nuqtai nazardan yoritiladi. Raqamli savodxonlik faqat qurilmadan foydalanish emas, balki axborotni izlash va tanlash, xavfsiz xulq, media va axborot tanqidiy tahlili, oddiy algoritmik fikrlash, raqamli hamkorlik hamda o‘quv natijasini raqamli mahsulot ko‘rinishida ifodalash kompetensiyalarini qamrab oladi. Maqolada kompetensiyaviy va faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv, STEAM va integratsiya, mikroloyiha va gamifikatsiya, “stansiyalar” modeli, flipped-elementlar, adaptiv mashqlar, raqamli portfel kabi metodlar tavsiya qilinadi. Dars dizayni “maqsad–faoliyat–vosita–baholash–refleksiya” zanjiri asosida konstruksiyalanadi. Tajriba-sinov asosida rubrika bilan baholash mexanizmi ishlab chiqilib, pre/post natijalar jadvalda tahlil qilinadi. Natijalar innovatsion metodlar qo‘llanganda raqamli xavfsizlik, axborot bilan ishlash, hamkorlik va raqamli mahsulot yaratish ko‘rsatkichlari oshishini ko‘rsatadi

Mavzular

Identifikatorlar

Iqtiboslar va manbalar

0 ta iqtibos0 ta foydalanilgan manba