Dermatoskopik tasvirlardan teri saratonining informativ belgilarini ajratib olishning an'anaviy hamda chuqur o'qitishga asoslangan yondashuvlari tahlili
Annotatsiya
Kompyuter yordamida diagnostika (CAD) tizimlarida teri saratonini aniqlashda, kasallikning o'ziga xos informativ belgilarini ajratib olish (IBAO) muhim ahamiyat kasb etadi. IBAOning asosiy maqsadi dermatoskopik tasvirlarni teri kasalligining eng muhim patologik ma'lumotlarni saqlaydigan ixcham raqamli tavsiflovchilar to'plamiga aylantirishdir. Tasvirlardan ajratib olinadigan belgilar asosan rang taqsimoti, teksturaning notekisligi, shakl assimetriyasi va chegara deformatsiyasi kabi muhim ma'lumotlarni tasvirlaydi. Ushbu tadqiqot ishida dermatoskopik tasvirlardan teri kasalliklarining o'ziga xos IBAOning an'anaviy hamda DL ga asoslangan yondashuvlari tahlil qilindi. Shuningdek, tadqiqot natijasida ushbu usullarning dermatoskopik tasvirlardan teri saratonining informativ belgilarini ajratib olishdagi yutuqlari hamda kamchiliklari taqqoslandi.