YOSHLAR TARBIYASIDA MUTAFAKKIRLARNING FIKRLARIDAN FOYDALANISH
Annotatsiya
Barkamol avlodni tarbiyalashda umuminsoniy qadriyatlarni har tomonlama yetuk, mukammal, axloqiy pok, ma’naviy ustuvor jihatlarini ular ongiga singdirish, iymon-e’tiqod butun, o‘z xalqi, o‘z vataniga fidoiy shaxs etib tarbiyalashga e’tibor berish zarur. Ilgari odimlab borayotgan vatanimizda yoshlar sidqidildan bilimli, salohiyatli bo‘lib taraqqiyotning rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shmoqdalar. Shaxsni barkamollikka yetaklovchi kuch bu ma’rifatdir. Inson uchun zarur bo‘lgan ijobiy fazilatlar saxiylik, sabrlilik, kamtarlik, hamjihatlik insonning oliy ko‘rki hamda ruhiy tayanchidir. Ajdodlarimiz tamal toshni qo‘ygan pillapoyalardan yoshlar yuqori cho‘qqilarga ko‘tarilmoqda. Ularga asosan ajdodlarimizning, ya’ni ulug‘ mutafakkirlarimizning ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarining yoshlar ongiga ta’siri muhim bo‘lmoqda.
Hali tarjima qilinmagan